Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident San'at saroyi va amfiteatrga bordi, ijodkorlar uchun ko‘p qavatli uy quriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Termiz shahrida yangi barpo etilgan muhtasham San'at saroyi va amfiteatrda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
700 o‘rinli San'at saroyi hamda 3 ming o‘ringa mo‘ljallangan amfiteatrda zamonaviy qulayliklar yaratilgan. Xorijdan ovoz yozish hamda sozlash, yoritish tizimi uskunalari, monitorlar keltirib o‘rnatildi. Xorijlik mehmonlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilib berish uchun kabinalar, san'atkor va aktyorlar xonalari maxsus jihozlar bilan ta'minlandi.
Hududi 32,5 gektar bo‘lgan maskanning atrofi obodonlashtirilib, ko‘kalamzorlashtirildi. Musiqali favvora qurildi.
Davlat rahbari bu yerda poytaxt teatrlari bilan hamkorlikda mahorat darslari o‘tkazish, spektakllar qo‘yish, xususan, davlat buyurtmasi asosida Iso at-Termiziy va Alpomish haqida asarlar yaratish zarurligini ta'kidladi. Teatr ijodkorlari uchun ko‘p qavatli uy bunyod etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Mavzuga oid
18:28 / 20.06.2026
Surxondaryoda Aleksandr Fedin yaratgan o‘rmonzor "Dendrologiya bog‘i"ga aylantiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
18:00 / 12.06.2026
Surxondaryoda uch yigit suvga cho‘kib o‘ldi
20:37 / 03.06.2026