Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon kasb-hunar ta'limi muassasalarida innovatsion loyihalar keng tatbiq qilinmoqda
Foto: KUN.UZ
Ta'lim jarayonida innovatsion loyihalardan keng foydalanish maqsadida Andijon viloyat o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi boshqarmasi tomonidan Oltinko‘l iqtisodiyot kollejida “Namunaviy ta'lim muassasasi” ko‘rgazmali seminari o‘tkazildi.
Unda viloyatdagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari direktorlari hamda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari seminar dasturiga muvofiq, o‘quvchilar yaratgan innovatsion g‘oyalari asosidagi qurilmalar, pedagoglar tomonidan ishlab chiqilgan yangi uslubdagi darslik, o‘quv qo‘llanmalar, dars ishlanmalari ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.
Ko‘rgazmali seminar ishida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi Markazi direktorining birinchi o‘rinbosari, respublika ishchi guruhi a'zosi F.Rizayev ishtirok etib, tizimni isloh qilish masalasida ta'lim muassasalari rahbar xodimlarining oldida turgan dolzarb vazifalarga e'tibor qaratdi.
Seminar jarayonida kasb-hunar ta'limi muassasalarining kelgusidagi istiqboli, o‘quv-metodik majmualarning ta'lim sifatini oshirishdagi ahamiyati, ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirishda MFY, profilaktika inspektorlari bilan o‘zaro hamkorlik, bitiruvchilar bandligini ta'minlashda yuzaga kelayotgan muammolar hamda ularning yechimi bo‘yicha taqdimot marosimlari o‘tkazildi.

KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
09:26 / 01.05.2026
Andijonda yer savdosida gumonlangan hokim yordamchisi va mahalla raisi qo‘lga olindi
17:00 / 28.04.2026
“Egnidagi formasiga ishonib qolibman” – Andijonda YXHB inspektori odamlarni chuv tushirdi
21:08 / 26.04.2026
Andijonda ikki kishini katta pul evaziga haj ziyoratiga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
22:05 / 12.04.2026