Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kun fotosi: Tadbirkor har juma kuni 1000 dona nonni ehson qilmoqda
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor haftaning har juma kuni 1000 dona nonni ehtiyojmand oilalarga tekinga tarqatishini ma'lum qilgan. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.
«Iqtisodiy qiynalgan 500ta xonadonga juma kuni 1000 dona non ehson sifatida tekinga tarqatiladi», deb yozilgan do‘kon peshtaxtasiga ilingan e'londa.
Bunday xayrli ish hozircha tumandagi «Grand market» savdo do‘konida kuzatilgan. Ta'kidlash joizki, Ramazon oyida ijtimoiy tarmoqlarda ehtiyojmand kishilarga turli ehsonlar qilinishi haqida xabar tarqagandi.