Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya delegatsiyasi Janubiy Koreyaga yetib keldi
Shimoliy Koreyaning 7 kishidan iborat delegatsiyasi 21 yanvarda Janubiy Koreyaga Pyongchangdagi Olimpiadada artistlar, jumladan Shimoliy Koreyada mashhur bo‘lgan “Moranbon” guruhining chiqishlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun yetib keldi.
Delegatsiya tarkibiga “Moranbon” qizlar guruhining yetakchisi Xyon Son Vol va “Unxasu” orkestri rahbari Kvon Bon Xyok kirgan. Delegatsiya tashrifi 2 kun davom etishi kutilmoqda. Delegatsiya bu vaqt ichida shimollik artistlar chiqadigan Seul va Kannin shaharlaridagi obektlarni ko‘zdan kechirib chiqishadi. Safar 20 yanvarda boshlanishi kerak edi, biroq Shimoliy Koreya hech qanday tushuntirishsiz safarni qoldirgan.
Joriy yil boshida Seul va Pxenyan o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilana boshladi.
Janub va Shimol vakillari Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi bilan shimollik sportchilarning Olimpiadada ishtirok etishi bo‘yicha kelishuvga keldi. Kelishuvga ko‘ra, Shimoliy Koreyaning Olimpiadaga boradigan delegatsiyasi umumiy soni 46 kishini – 22 sportchi va 24 rasmiy shaxsni tashkil qiladi. Shuningdek, Janubiy Koreyaga Shimoliy Koreya ommaviy axborot vositalaridan 21 kishi boradi.
Mavzuga oid
09:03 / 27.05.2026
Shimoliy Koreya bir nechta turdagi raketalarni sinovdan o‘tkazdi
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026