Jahon | 21:23 / 21.01.2018
9422
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya qurolli kuchlari Afrindan qochuvchi terrorchilarni ta'qib qiladi – Erdo‘g‘an

Foto: EPA-EFE/TURKISH PRESIDENT PRESS OFFICE

Turkiya qurolli kuchlari “Zaytun shoxi” operatsiyasi o‘tkazilayotgan Suriyaning Afrinidan qochayotgan “Xalq mudofaasi kuchlari” otryadlari terrorchilarini ta'qib qiladi. Bu haqda 21 yanvarda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an aytib o‘tdi.   

“Terrorchilar yashirinishga urinayotganlarini ko‘rmoqdamiz. Ular qochadi, biz esa ularni ta'qib qilamiz. Bizning qurolli kuchlar yaqin orada Afrindagi operatsiyani yakunlaydi”, deb aytgan Erdo‘g‘an.  

Turkiya qurolli kuchlari 1,5 mln.ga yaqin suriyalik kurd yashovchi Afrinda “Xalq mudofaa kuchlari” otryadlari va “Demokratik ittifoq” partiyasidan bo‘lgan kurd tuzilmalariga qarshi operatsiya olib bormoqda. Sky News Arabia telekanalining ma'lum qilishicha, Afrinning bombardimon qilinishi vaqtida tinch aholi orasidan 6 kishi va “Xalq mudofaa kuchlari”ning 3 jangchisi halok bo‘lgan. Biroq Turkiya bosh shtabining ta'kidlashicha, barcha halok bo‘lganlar terrorchilar hisoblanadi.    

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid