Fan-texnika | 23:00 / 22.01.2018
7398
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng tezkor mitti robot ishlab chiqarildi

Foto: Hi-News.ru

Robotlar turlicha bo‘ladi. Ko‘pincha "robot" so‘zini eshitganimizda xayolimizga mashhur Boston Dynamics kompaniyasining so‘nggi ishlanmasini yodga soluvchi antropomorf mexanik mavjudot keladi. Biroq ushbu tushuncha ancha keng qamrovli. Hi-News'da yozilishicha, Harvard universiteti tadqiqotchilari insonga o‘xshashi bilan maqtana olmaydigan mitti milliDelta robotini ishlab chiqishdi. Shunday bo‘lsa-da, bugunga kelib u o‘z toifasida dunyodagi eng tezkor va aniq harakat qiluvchi robot hisoblanadi. 

Manbaga ko‘ra, milliDelta roboti misli ko‘rilmagan tezlikda harakat qila oladi - soniyasiga 75 harakatgacha. Agar uning xatti-harakatlarini videokameraga olinsa, u xira dog‘ga aylanadi. Harvard ishlab chiqaruvchilari o‘z "mahsulotlari"ni qo‘llashning ko‘plab yo‘lini ko‘rishmoqda. Masalan, u tibbiy uskunaning bir qismiga aylanishi va shifokorlarga mikrojarrohlikda yordam berishi mumkin. 

MilliDelta delta-robotlar toifasiga kiradi. Bu dizayn 80-yillarda ishlab chiqilgan va ko‘pincha turli fabrika va korxonalarda qo‘llanilgan. Bunday robotlar konveyerlarga o‘rnatilib, turli detallarni o‘rnatish bilan shug‘ullanishgan. Zamonaviy texnologiyalar sharofati bilan milliDelta delta-robotini o‘nlab baravarga kichraytirishga muvaffaq bo‘lingan. U elektr motor o‘rniga pezoelektrik aktuatorlar bilan ta'minlangan. 

Mavzuga oid