12:30 / 22.01.2018
42406

Krishtianu Ronaldu: Messi – yomon futbolchi

Ispaniya chempionati 20-turidan o‘rin olgan «Real» - «Deportivo» o‘yinidan oldin Krishtianu Ronaldu jamoalar bilan maydonga chiqadigan bolakaylardan biri bilan qiziq suhbat qurgan. 

Marca xabariga ko‘ra, bolakay Ronalduga: «Sen men uchun dunyodagi eng yaxshi futbolchisan, Messi esa…» - deganida, Ronaldu uning so‘zlarini o‘zi yakunlashga qaror qilgan va: «Messi esa – yomon futbolchi» - degan. Suhbatga qo‘shilgan yana bir bolakay Messini dunyoning eng kuchsiz futbolchisi deb nomlagan.

«Real» - «Deportivo» o‘yini 7:1 hisobida yakunlandi, Ronaldu ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Mavzuga oid
Top