Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 6 shaxs bir erkakni do‘pposladi - 2 nafari ushlandi, qolgan 4 kishi qidirilmoqda
Toshkentda 6 shaxs bir erkakni do‘pposladi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Ma'lum qilinishicha, Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 19 yanvar soat 21:30 larda Surxondaryo viloyati Sherobod tumani Gurshak mahallasida yashovchi, muqaddam sudlangan, 1988 yilda tug‘ilgan E.A. Termiz shahar Ch.Safarov ko‘chasi 3-uy 15-xonada ro‘yxatda turuvchi, vaqtincha Shayxontohur tumani Chorsu dahasi 9-uy 2-xonada yashovchi, xususiy tadbirkor, 1992 yilda tug‘ilgan B.M., Uzun tumani Xursand mahallasida ro‘yxatda turuvchi, vaqtincha Shayxontohur tumani Samarqand darvoza ko‘chasi 6-uyda yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan A.I., Sho‘rchi tumani S.Rahimov ko‘chasi 67-uyda yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan A.Q., Angor tumani Gilambop qishlog‘ida yashovchi 1992 yilda tug‘ilgan J.Q. va Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani Shoxon mahallasida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan B.I. KXAY ko‘chasida joylashgan RShTYoIM binosi oldida o‘zaro janjal oqibatida Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani Jyenov qishlog‘ida yashovchi, muqaddam sudlangan, 1985 yilda tug‘ilgan Sh.A. tanasining turli joylariga temir bo‘lagi va yog‘och bilan urib jarohat yetkazib, voqea joyidan yashiringanlar. Natijada Sh.Abdurashidov kasalxonaga yotqizilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida B.M. va A.I. ushlangan. E.A., A.Q., B.I. hamda J.Q.ni ushlash choralari ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid
18:45 / 27.06.2026
Toshkent va Ammon o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilmoqda
15:47 / 25.06.2026
Toshkentda tug‘uruqqa sog‘lom kirgan 21 yoshli ayol ikki oydan buyon og‘ir ahvolda
12:29 / 25.06.2026
Toshkentda yong‘inga qarshi alohida rejim: nimalar qilinadi?
10:25 / 18.06.2026