Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya o‘z chegaralari xavfsizligini ta'minlashga haqli – Boris Jonson
Turkiya o‘z chegaralari xavfsizligini ta'minlashga haqli, deb yozdi Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson tvitterda.
Jonson Buyuk Britaniya Turkiya tomondan Suriyaning Afrinida o‘tkazilayotgan “Zaytun shoxi” operatsiyasi borishini kuzatayotganini qo‘shimcha qilgan.
Uning ta'kidlashicha, London va Anqaraning Suriyadagi maqsadlari bir-biriga mos tushadi. “Bu keskinlikni kamaytirish va Bashar Asadning iste'fosiga olib keladigan siyosiy jarayondir”, deb yozgan Jonson.
20 yanvarda Turkiya Afrinda kurd mudofaa kuchlariga qarshi operatsiya boshlagan. Turkiya qurolli kuchlarining Suriya hududida harakatlanishidan maqsad terrorchilar va terrorchilik tuzilmalari obektlarini yo‘q qilish hisoblanadi. Ta'kidlanishicha, Turkiya armiyasi Afrindagi tinch aholiga ziyon yetkazmaslik uchun barcha ishni qiladi.
Bashar Asad tuzumi Afrinni 2012 yil iyulida kurd jangarilariga jangsiz topshirgan. Ta'kidlanishicha, bu yerda harakat qiluvchi terrorchilar nafaqat Turkiyaning chegaraoldi hududlariga, balki “Frot qalqoni” operatsiyasi doirasida jangarilardan ozod qilingan Suriya hududlari aholisiga hamda Idlibdagi deeskalatsiya hududidagi suriyaliklarga xavf soladilar.
Mavzuga oid
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026