Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya Rossiyaning tajovuzkor harakatlaridan ogohlantirdi
Foto: RIA "Novosti"
Buyuk Britaniya Qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Nikolas Karterning ogohlantirishicha, Rossiya «dushmanlik kayfiyatidagi harakatlarni» tez va kutilmagan tarzda boshlashi mumkin. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Rossiya dushmanlik kayfiyatidagi harakatlarni biz kutayotgandan ham avvalroq boshlashi mumkin. Bu yashil odamchalarning paydo bo‘lishi bilan kechmaydi, bu hech birimiz kutmayotgan narsadan boshlanadi. Biz hozirgacha ko‘rgan narsani kelajak uchun model sifatida qabul qilish kerak emas», - deya ma'lum qildi Karter.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning ehtimoliy hujumi Yevropada xavfsizlikni ta'minlash tuzilmasiga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Shuningdek, NATOga ishonchni yo‘qotish ham uning maqsadiga aylanishi ehtimolga yaqin.
Uning ta'kidlashicha, Rossiya hech kim kutmayotgan harakatlarni amalga oshirishi mumkin.
«Ular raqiblari kutmayotgan narsani qiladi. Suriyadan ekspeditsion salohiyatni barpo etish uchun foydalanishdi, ko‘plab zobitlari haqiqiy jangovar tajribaga ega bo‘ldi. Ular uzoq harakat radiusidagi raketalarni sinovdan o‘tkazdilar, shuningdek, 150 dan ortiq boshqa qurol-yarog‘ turlarini sinab ko‘rishdi», - deya aytib o‘tdi Karter.
Mavzuga oid
20:35 / 01.04.2026
O‘zbekiston Rossiya aviakompaniyalari uchun asosiy xalqaro yo‘nalishga aylandi
13:21 / 01.04.2026
Qrimda harbiy samolyot qulab, 30 kishi halok bo‘ldi
20:56 / 31.03.2026
Rossiya Ukrainaga Donbassdan qo‘shinlarini olib chiqish uchun ikki oy muhlat berdi – Zelenskiy
09:40 / 31.03.2026