O‘zbekiston | 11:00 / 23.01.2018
4111
1 daqiqa o‘qiladi

Qonunchilik ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasi ishlab chiqiladi

Davlat dasturiga asosan 2018 yil 1 avgustga qadar Qonunchilik ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasi ishlab chiqiladi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.

Bunda:

«aqlli tartibga solish» modellari va qabul qilinayotgan qarorlar ta'sirini tahlil qilish metodologiyasini joriy etish;

qonun ijodkorligi jarayoniga zamonaviy tamoyil va mexanizmlarni (ijtimoiy adolat, xalqchillik, jamoatchilik fikrini o‘rganish, ochiqlik, samaradorlik va h.k.) joriy etish;

qonun ijodkorligining zamonaviy uslublarini joriy etish; 

to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi qonunlar qabul qilish amaliyotini kengaytirish;

idoraviy hujjatlar qabul qilish amaliyotini bosqichma-bosqich qisqartirish nazarda tutiladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid