Jamiyat | 21:20 / 23.01.2018
16575
2 daqiqa o‘qiladi

Namangan shahrida arzonlashtirilgan oylik yo‘l pattalari sotuvga chiqdi

Namangan shahar hokimining 2018 yil 18 yanvardagi 54-sonli qaroriga muvofiq 2018 yilning 1 fevralidan boshlab shahar yo‘nalishlarida qatnovchi avtobuslarda “YaGONA”, “TALABA”, “O‘QUVChI”, “NAFAQA OLUVChI VA NOGIRON” turlaridagi imtiyozli, arzonlashtirilgan oylik yo‘l pattalari amal qiladi. Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.

Manba: Namangan viloyati hokimligi

Manbaga ko‘ra, imtiyozli oylik yo‘l pattalarining narxlari yo‘lkira tarifi 600 (olti yuz) so‘m bo‘lganda quyidagicha:

  • “YaGONA” turidagi pattalar 23 foiz chegirma bilan sotiladi, narxi - 48 ming so‘m;
  • “TALABA” turidagi pattalar – 50 foiz imtiyoz bilan sotiladi, narxi - 24 ming so‘m;
  • “O‘QUVChI” turidagi pattalar – 50 foiz imtiyoz bilan sotiladi, narxi - 24 ming so‘m;
  • “NAFAQA OLUVChI VA NOGIRON” turidagi pattalar – 50 foiz imtiyoz bilan sotiladi, narxi - 24 ming so‘m.

Oylik yo‘l pattalari 2018 yilning 25 fevral kunidan boshlab Namangan shahrining “Chorsu”, “Sardoba” va 1-kichik tuman “Avtosaltanat” hududida (har oyning 25-sanasidan keyingi oyning 5-sanasigacha), ertalab soat 9:00 dan 17:00 gacha sotiladi.

Shuningdek jamoa va guruh bo‘lib oluvchilar shahar hokimligi huzuridagi “NAMTRANSAVTO” departamentiga murojaat qilishlari mumkin.

Manzil: Namangan shahri, Hurriyat ko‘chasi, 66-uy (Shahar hokimligining 3-qavat, 21-xonasi), telefon raqami: 227-31-27

Mavzuga oid