O‘zbekiston | 23:44 / 23.01.2018
31141
2 daqiqa o‘qiladi

Hukumat qarorida davlat chegarasidan avtomobillarni o‘tkazish punktlari sanab o‘tildi

Foto: Flickr

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Yo‘lovchi transportda favqulodda vaziyatlar profilaktikasi va ularning oldini olish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan tashqariga chiqadigan fuqarolar xavfsizligini ta'minlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi №42-son qarori qabul qilindi.

Qarorda 2018 yil 18 yanvar kuni Qozog‘iston Respublikasi Aqto‘be viloyati Irg‘iz tumanidagi Qaliboy aholi punkti yaqinida ro‘y bergan fojia oqibatida avtobusda O‘zbekiston Respublikasining 52 nafar fuqarosi yonib ketgani, yana ikki nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olgani qayd etilgan.

Vazirlar Mahkamasining qarori Yo‘lovchi avtotransportida favqulodda vaziyatlar profilaktikasi va ularning oldini olish, bundan buyon bu kabi fojiali voqealar takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik, baxtsiz hodisalar va yo‘l-transport halokatlari yuzaga kelishini bartaraf etish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan tashqariga chiqadigan fuqarolar xavfsizligini ta'minlash yuzasidan kompleks shoshilinch chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida qabul qilingan.

Qarorning 6-bandida O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasidan o‘tkazish punktlari Chegaradosh davlatlar bilan o‘tkazish punktlari to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimlarda nazarda tutilgan sharoitlarda, jumladan qarorning 3-ilovasiga muvofiq davlat chegarasidan avtomobillarni o‘tkazish punktlari faoliyat ko‘rsatishi ma'lumot uchun qabul qilinmoqda.

Davlat chegarasidan avtomobillarni o‘tkazish punktlari ro‘yxati

 

Mavzuga oid