O‘zbekiston | 02:30 / 23.01.2018
16492
2 daqiqa o‘qiladi

Vazirlar Mahkamasi 2 oy muddat ichida yana 2 qonun loyihasi ishlab chiqadi

22 yanvar kuni O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshiriladigan davlat dasturi tasdiqlandi. Hujjat matni O‘zA saytida keltirilgan.

Harakatlar strategiyasi ijrosini ta'minlash yuzasidan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda quyidagi ishlarni amalga oshirish ko‘rsatma qilingan.

innovatsion va ilmiy faoliyatni davlat va jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari, shu jumladan, innovatsion loyihalarni foizsiz kreditlash hamda innovatsion loyihalarni kreditlash uchun tijorat banklariga davlat kafolatlarini berishni ham nazarda tutuvchi «Innovatsion faoliyat to‘g‘risida»gi va «Fan to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini ishlab chiqish va keng jamoatchilik muhokamasidan keyin Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish; 

mahalliy loyiha va pudrat tashkilotlarining tashqi bozorlarga chiqishini rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar, zamonaviy xalqaro standartlarni hisobga olgan holda shaharsozlik norma va qoidalarini to‘liq qayta ko‘rib chiqish, energiya tejamkor texnologiyalarni faol joriy etishni nazarda tutib, qurilish sohasini innovatsion rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va kiritish. 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid