Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aqto‘be fojiasidan so‘ng. «O‘zbekiston temir yo‘llari» Rossiya yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha poyezdlarni yo‘lga qo‘ymoqda
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» aksiyadorlik jamiyati joriy yilning fevral oyidan boshlab bir qator xalqaro yo‘nalishlarda qatnaydigan yo‘lovchi poyezdlari uchun qo‘shimcha qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» axborot xizmati xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, hozirgi kunda Toshkent-Moskva, Toshkent-Ufa va Andijon-Moskva yo‘nalishlarida haftada bir marotaba harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdlar fevral oyidan boshlab haftada 2 marotaba harakatlana boshlaydi.
Toshkent-Volgograd yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi esa haftada 3 marotaba qatnovni amalga oshiradi.
«Hurmatli yo‘lovchilar chiptalar xarid qilishda muammo yoki ortiqcha ovoragarchilikka duch kelsangiz «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» aksiyadorlik jamiyati hududiy temir yo‘l ma'lumotxonalarining telefon raqamlari yoki +99890 9577874 telegram raqamiga murojaat qiling», - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
09:55
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
08:45
Sanksiyalar yumshatilishi Rossiya neft eksportiga turtki berdi
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
16:29 / 23.06.2026