Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IShID «sog‘liqni saqlash vaziri» qo‘lga olingani xabar berildi
Foto: AP
Turkiya janubi-sharqidagi Shanliurfa viloyatida IShID terrorchilik tashkiloti «sog‘liqni saqlash vaziri» Kefax Bashir Husayn qo‘lga olindi. Bu haqda Sabah gazetasi huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi manbalarga tayangan holda xabar bermoqda.
Bundan tashqari, ushbu guruh bilan aloqador bo‘lgan yana 14 kishi ushlangan. «Qo‘lga olinganlardan yetti nafari Jazoir, to‘rt nafari – Suriya va Iroq fuqarosi sanaladi. Shuningdek, Niderlandiya, Marokash va Misrning bir fuqarosi bor», - deya aniqlik kiritishgan politsiyadan.
Qo‘lga olinganlar Suriya-Turkiya chegarasini noqonuniy ravishda kesib o‘tishga urinishgan. Nashr manbalarning iddao etishicha, jazoirlik Muxtor Mekkoy va niderlandiyalik Ksave Rouz-Kler Interpol qidiruvida bo‘lgan.
2017 yilning sentabrida Rossiya aviatsiyasi Suriyada IShIDning to‘rt nafari yuqori mansabli qo‘mondoni, jumladan Tojikiston IIV alohida topshiriqli militsiya otryadi sobiq qo‘mondoni Gulmurod Xalimovni yo‘q qildi. Dekabr oyida Yeni Safak gazetasi manbaga tayangan holda IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy AQSh harbiylari tomonidan Iroqda ushlangani, Suriyaning Ras-al-Ayn shahridagi Amerika bazasiga olib kelinganini xabar berdi. Keyinchalik u Al-Xasaka shahri yaqinidagi tayanch nuqtasiga o‘tkazilgani aytiladi.
Mavzuga oid
13:54 / 13.02.2026
Xitoy, Rossiya va Turkiya - O‘zbekistonda eng ko‘p korxona ochgan davlatlar
23:23 / 12.02.2026
Turkiya va yadro quroli: geosiyosiy tahlil
23:06 / 12.02.2026
Istanbulda Durdona Hakimova bilan birga yana bir ayol o‘ldirilgani aniqlandi
13:59 / 12.02.2026