Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda yozda Markaziy Osiyo yoshlari forumi o‘tkaziladi
O‘zbekiston yoshlari xorijdagi tengdoshlari bilan ilm-fan, madaniyat, tadbirkorlik, sport va boshqa sohalarda faol muloqotda bo‘lishini ta'minlash maqsadida Samarqand shahrida 2018 yilning 10 iyunida Markaziy Osiyo yoshlari forumi o‘tkaziladi.
2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilab qo‘yilgan.
Mintaqaviy forumni o‘tkazish uchun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Samarqand viloyati hokimligi mas'ul etib belgilangan.
Forumni o‘tkazish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi farmoyishi qabul qilinadi va mazkur farmoyish bilan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi. Dasturda:
- Markaziy Osiyo forumini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy tadbirlar;
- yoshlarning xorijiy tengdoshlari bilan bo‘ladigan muloqotda e'tibor qaratiladigan asosiy masalalar;
- forum doirasida o‘tkaziladigan har bir tadbirning rejasi, moliyalashtirish manbalari nazarda tutiladi.
Mavzuga oid
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
17:37 / 13.06.2026
16−18 iyun kunlari Toshkent shahriga yuk mashinalari kiritilmaydi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026