Jamiyat | 13:58 / 24.01.2018
10686
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 9-sinf o‘quvchisi kollej talabasi bilan 70 ta mobil telefonni o‘mardi

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida shu yil 12 yanvarda noma'lum shaxs Farhod ko‘chasida joylashgan 9-blok 1-qavat 2-sonli savdo do‘koniga oynasini sindirish yo‘li bilan kirib, u yerdan shu do‘kon sotuvchisi I.H.ga tegishli umumiy qiymati 4.500 AQSh dollari bo‘lgan turli rusumdagi 70 ta mobil telefonlari o‘g‘irlab ketilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi. 

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Chilonzor tumani 6-daha 34-uy 39-xonada yashovchi, Yunusobod tumanidagi 96-sonli o‘rta maktabning 9-sinf o‘quvchisi, 2001 yilda tug‘ilgan Yo.J. va shu daha 35-uy 1-xonada yashovchi, Chilonzor tumanidagi “Charx-Kamolon” mahallasida joylashgan Toshkent avtomobil yo‘llar kolleji 2-kurs o‘quvchisi, 2000 yilda tug‘ilgan D.Sh. sodir etganliklari aniqlanib ushlandilar.

Mavzuga oid