Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda BMW ishtirokida YTH, bir inson vafot etdi
2018 yil 22 yanvar kuni, Yunusobod tumani, Moyqo‘rg‘on ko‘chasida joylashgan “Shifo-nur” tibbiyot markazi qarshisida, “BMW” rusumli avtoulov haydovchisi mast holatda, rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga urilgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.
Natijada:
1) yo‘lovchisi – 1996 yilda tug‘ilgan erkak kishi, YTH joyida vafot etgan;
2) yo‘lovchisi – 1978 yilda tug‘ilgan erkak kishi, “Bosh miya yopiq jarohati, bosh miya lat yeyishi, o‘ng tomonlama qovurg‘alar sinishi” tashxisi bilan 7-sonli shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan;
3) yo‘lovchisi – 1987 yilda tug‘ilgan erkak kishi, “Bosh miya ochiq jarohati, bosh miya lat yeyishi” tashxisi bilan 7-sonli shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan;
4) yo‘lovchisi – 1997 yilda tug‘ilgan erkak kishi, “Bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, pastki jag‘, daxan sohasi sinishi” tashxisi bilan 7-sonli shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi (transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
17:12
Toshkent-Samarqand pulli yo‘lini qurish tenderida Xitoy kompaniyasi g‘olib bo‘ldi
12:10
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
09:20
Toshkentdan Qoraqalpog‘istongacha “yashil” texnikumlar tashkil etiladi
18:35 / 26.05.2026