Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda Imomali Rahmon haqida yana kitob chop etildi
Tojikistonlik tadbirkor Abduqahhor Xolov va Tojikiston Respublikasi prezidenti yordamchisi apparatining tashqi siyosat bo‘yicha katta maslahatchisi, tarix fanlari nomzodi Zafar Saidzoda «Imomali Rahmon – zamonaviy tojik davlatchiligi asoschisi» nomli kitobni taqdim etdi. Bu haqda Tojikiston OAV xabar bergan.
Kitobda ta'kidlanishicha, so‘nggi 25 yil davomida ro‘y bergan barcha muhim, tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan hodisalar Imomali Rahmonning nomi bilan bog‘langan.
Mualliflarning bildirishicha, bu kitob mamlakat xalqiga, ayniqsa, yoshlarga prezident Imomali Rahmoning hayoti va siyosiy faoliyati haqida ko‘proq ma'lumot olish imkonini beradi.
Kitob 500 nusxada chiqarildi, uning elektron versiyasi Tojikiston Milliy kutubxonasi va Rossiya-Tojikiston universiteti saytida joylashtirilgan.
Asar Dushanbe shahridagi kitob do‘konlari orqali tarqatiladi, shuningdek, respublika OTM kutubxonalariga bepul beriladi.
Mavzuga oid
10:00 / 15.06.2026
O‘qigan har bir kitob uchun uch kun: mahkumlar uchun yangi tartib tasdiqlandi
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
17:39 / 22.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Milliy kitobxonlik harakatiga start berdi
18:41 / 02.04.2026