Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kasb-hunar kollejlarida ta'lim muddati minimumgacha qisqaradi
Kasb-hunar kollejlarida o‘quv jarayonini tashkil etishga va ularning bo‘sh vaqtlarini band etishning samarasiz mexanizmi o‘quvchilar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik va jinoiy qilmishlar ortishiga, ularning o‘qishga qiziqishi hamda davomatning tushib ketishiga sabab bo‘lmoqda.
KUN.UZ muxbirining 25 yanvar kuni Prezident matbuot xizmati tomonidan tashkil qilingan brifingda taqdim etilgan ma'lumotga asoslanib xabar berishicha, 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab 11 yillik o‘rta ta'lim tizimiga o‘tilishi jamoatchilik, ota-onalar va 9-sinflar bitiruvchilari tomonidan keng qo‘llab-quvvatlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoniga muvofiq, ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlash uchun shart-sharoitlar yaratish va bitiruvchilar bandligini ta'minlash, shuningdek 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish maqsadida qator ishlarning amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.
Jumladan, 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab majburiy umumiy o‘rta va o‘rta-maxsus ta'lim, shu jumladan ixtisoslashtirilgan maktablarda, ixtisoslashtirilgan san'at va madaniyat maktab-internatlarida, ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida hamda akademik litseylarda uzluksiz va 11 yillik muddatda amalga oshiriladi.
2019-2020 o‘quv yilidan boshlab kasb-hunar kollejlariga o‘qishga qabul qilish umumta'lim maktablarining 11-sinflar bitiruvchilari hisobidan ixtiyoriylik asosida tegishli mutaxassislikka, kasbga ega bo‘lish uchun 6 oydan 2 yilgacha bo‘lgan o‘qitish muddatlarida amalga oshiriladi.
Kasb-hunar kollejlariga 2017-2018 o‘quv yiliga qadar (ushbu o‘quv yili qo‘shilgan holda) o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilar o‘qishni o‘zlari ta'lim olayotgan kasb-hunar kollejlarida amaldagi o‘quv dasturlari asosida belgilangan tartibda tugatishadi.
Mavzuga oid
11:40 / 14.07.2026
“Diplom emas, tajriba muhim”: 8 tilni biladigan 25 yoshli Hojimurod hikoyasi
09:16 / 11.07.2026
Prezident ta’lim tizimi bo‘yicha yangi maqsadlarni belgiladi
11:55 / 10.07.2026
Ta’lim xizmatlarida oliy ta’lim eng katta ulushga ega bo‘ldi
10:15 / 26.06.2026