Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kitob mualliflariga qalam haqi 80 foizga oshdi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 14 avgustdagi “Madaniyat va san'at tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, soha xodimlari mehnatini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq kitob mualliflariga qalam haqi 80 foizga oshdi. Bu haqda O‘zA xabar tarqatgan.
Ta'kidlanishicha, bolalarga mo‘ljallangan asarlar uchun qalam haqi 2,5 barobarga ko‘tarilgan.
Ilgari badiiy asarlar uchun 5 koeffitsiyent ko‘rsatkichida mualliflarga qalam haqi nashriyotlar tomonidan berilgan bo‘lsa, endilikda koeffitsiyent ko‘rsatkichi sakkizga oshirildi.
Mavzuga oid
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
17:39 / 22.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Milliy kitobxonlik harakatiga start berdi
18:07 / 07.03.2026
Andijonlik qiz kelinlik uyiga 800 ta kitobdan iborat sep bilan bordi
18:46 / 03.03.2026