Jamiyat | 19:40 / 25.01.2018
7964
4 daqiqa o‘qiladi

Toshkent davlat agrar universiteti bitiruvchilarining tadbirkorlik faoliyati to‘liq qo‘llab-quvvatlanadi

Foto: O’zLiDeP

Toshkent davlat agrar universitetida joriy yilning 23 yanvar kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent viloyati Kengashi tomonidan “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kichik tadbirkorlik sub'yektlariga mikromoliyaviy yordam ko‘rsatish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish va kam ta'minlangan oilalarga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishni nazarda tutadigan loyihalarni moliyalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta'minlashga qaratilgan amaliy ochiq muloqot tashkil etildi.

Muloqotda O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi rais o‘rinbosari Alimov Nasimjon Alimov, “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki mutasaddilari Ashur Qodirov, Iroda Qosimova, Abdushukur Xolbekov, Sherzod Islomov, Toshkent davlat agrar universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Sohib Islamov va universitet Yoshlar ittifoqi faollari hamda tadbirkorlik faoliyatiga qiziquvchi talabalar ishtirok etdi.

Foto: O’zLiDeP 

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad kichik tadbirkorlikni yanada kengaytirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish uchun sharoitlar yaratish, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini, oilaviy tadbirkorlik va kasanachilikni rivojlantirish orqali kam ta'minlangan oilalar daromadlarini oshirish, aholi keng qatlamlarining, jumladan, qishloq joylardagilarning moliyaviy resurslardan foydalanishini ta'minlash maqsadida tadbirkorlik sub'yektlariga mikrokreditlar berish va mikrolizing xizmatlarini ko‘rsatishni yaxshilashdan iboratdir.

Muloqotda ta'kidlanganidek, partiya va bank hamkorligini yanada mustahkamlash maqsadida halqaro va xorijiy moliya institutlari hamda tashkilotlari bilan, shu jumladan, kredit liniyalari va investitsiyalarni jalb etish maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni rivojlantirish masalalariga qaratilgan bir qator loyihalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda.

Foto: O’zLiDeP 

 “Faoliyatini boshlayotgan tadbirkorlar uchun mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanish joylari, ularning ko‘lami va hajmlarini kengaytirish bo‘yicha 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi”ga binoan, tadbirkorlik faoliyatini boshlayotganlarga boshlang‘ich kapitalni shakillantirish, o‘z faoliyatini kengaytirish uchun mikrokreditlar ajratish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan bitiruvchilarining Start-up loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga ham alohida e'tibor qaratiladi.

2018 yil – Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili deb e'lon qilinginligi munosabati bilan 2018 yilda universitetni tamomlaydigan 1374 nafar bitiruvchi kurs talabani o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashishlari hamda o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatlarini yo‘lga qo‘yishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 16 ta ta'lim yo‘nalishi negizida 49 ta soha bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Foto: O’zLiDeP 

Shuningdek, muloqotda bitiruvchilar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga “Mikrokreditbank” ATB hamda O’zLiDeP a'zolari tomonidan javoblar berilib, yo‘nalishlaridan kelib chiqib, yuqorida belgilab olingan vazifalarni yoshlar, xotin-qizlar, umuman aholini tadbirkorlikka yo‘naltirishga qaratilgan partiyaviy loyihalar orqali amaliyotga tadbiq etishga kelishib olindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid