Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp «Rossiya aralashuvi» bo‘yicha ko‘rsatma berishga tayyorligini ma'lum qildi
Foto: Bloomberg
AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, u maxsus prokuror Robert Myullerga «Rossiya aralashuvi» ishi bo‘yicha qasamyod ostida ko‘rsatma berishga tayyor. Bu haqda Bloomberg xabar qilmoqda.
«Men buni kutmoqdaman. Men buni qasamyod ostida qilgan bo‘lardim», - deya ma'lum qildi Tramp.
Avvalroq, AQSh razvedkasining yuqori mansabli zobitlari, jumladan MRB direktori Mayk Pompeo, maxsus prokuror Myuller jamoasi tomonidan Donald Trampning «Rossiya aralashuvi» bo‘yicha tergovga xalaqit berishga urinish holati yuzasidan so‘roq qilingani haqida xabarlar tarqalgandi.
Bu so‘roq shundan darak bermoqdaki, maxsus komissiya o‘z surishtiruvi doirasida AQSh prezidentining shu ishdagi xatti-harakatlarini o‘rganib chiqmoqda.
Mavzuga oid
10:19 / 09.05.2026
AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
07:43 / 09.05.2026
Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida uch kunlik sulhni e’lon qildi
21:36 / 08.05.2026
Pentagon NUJ haqidagi hujjatlarning birinchi qismini e’lon qildi
11:29 / 08.05.2026