Jahon | 08:17 / 25.01.2018
18615
3 daqiqa o‘qiladi

Tramp va Erdo‘g‘an muloqot o‘tkazdi. Tramp tashvishda ekanini aytdi, Erdo‘g‘an unga chaqiriq bilan chiqdi

AQSh va Turkiya prezidenti Donald Tramp hamda Toyyib Erdo‘g‘an telefon muloqoti davomida IShID, “Al-Qoida”, “Kurdiston ishchi partiyasi” va “Eron tomonidan moliyalashtirilayotgan terrorizm” bilan kurash haqida kelishib oldilar. Bu haqda Oq uy bayonotida aytiladi.

"Prezident Donald Tramp bugun Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan muloqot qildi. U har ikki davlat bor e'tiborni umumiy maqsad – IShID ustidan to‘la g‘alabaga qaratishi kerakligini ta'kidladi. Har ikki prezident IShIDga qarshi davom etayotgan g‘alabalar tufayli 100 mingdan ortiq suriyalik qochqin mamlakatga qaytganini ma'qulladi, odamlarga uyga qaytish uchun yordam berish maqsadida hamkorlikni davom ettirishga va'da berishdi", - deya ta'kidlanadi bayonotda.

"Har ikki yetakchi Qo‘shma Shtatlar va Turkiya o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yaxshilash bo‘yicha majburiyat oldi, xususan, bu mintaqaviy barqarorlikka ko‘mak ko‘rsatish va terrorizmning barcha shakllari, jumladan, IShID, Kurdiston ishchi partiyasi, Al-Qoida hamda Eron tomonidan moliyalashtirilayotgan terrorizm bilan kurashga tegishli", - deyiladi hujjatda.

Bundan tashqari, Donald Tramp telefon muloqoti davomida Suriyaning Afrinida zo‘ravonlik ortib borayotganidan tashvishda ekanini bildirdi.

"Prezident Donald Tramp Suriyaning Afrinida zo‘ravonlik holatlari o‘sayotgani tufayli tashvishda ekanini bildirdi", - deyiladi Oq uy xabarida.

Turkiya yetakchisi ma'muriyatidagi manbaning jurnalistlarga xabar berishicha esa, Toyyib Erdo‘g‘an Tramp bilan turk qurolli kuchlarining Afrindagi amaliyotini muhokama qilgan.

"Turkiya va AQSh prezidenti telefon orqali muloqotda Suriyaning Afrinidagi amaliyotni muhokama qildi. Bizning prezident Trampga amaliyotning maqsadi Turkiya milliy xavfsizligini ta'minlash hamda Afrinni terrorchilardan tozalash ekanini bildirdi. U AQShni Kurdiston ishchi partiyasi, Suriyadagi kurdlarning “Demokratik ittifoq” partiyasi, kurdlarning o‘zini-o‘zi mudofaa qilish kuchlari kabi terrorchilik tashkilotlarini harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishga chaqirdi", - deya xabar bergan manba.

Mavzuga oid