AKTni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 18 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturini shakllantirish va moliyalashtirishga oid yangi tartib to‘g‘risida»gi qarorida vazirlik zimmasiga axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirishning uzoq muddatga mo‘ljallangan konsepsiyasini ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan edi, deb xabar qilmoqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati.
Ta'kidlanishicha, vazirlikda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirishning uzoq muddatga mo‘ljallangan konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh shakllantirilgan.
Kontseptsiyada telekommunikatsiya infratuzilmasi, «elektron hukumat», axborot xavfsizligi, pochta, logistika, AKT-ta'lim, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash hamda elektron tijorat sohalarini hamda rivojlantirishga oid innovatsion g‘oyalarning qamrab olinishi belgilangan.
Bu masalada keng jamoatchilik fikri va qarashlarini hisobga olish, konseptsiyani ishlab chiqishda mahalliy va xalqaro ekspertlarning ishtirokini ta'minlash maqsadida, barchaga konsepsiyani shakllantirish jarayonida faol ishtirok etish imkoniyatini beradi. AKT sohasini rivojlantirishga oid takliflar, g‘oya hamda qarashlarni so‘rovnoma orqali taqdim etish mumkin.
Mavzuga oid
14:00 / 08.09.2024
ICT WEEK UZBEKISTAN 2024 haftaligi doirasida O‘zbekiston-Latviya raqamli hamkorlik forumi bo‘lib o‘tadi
15:44 / 05.04.2024
Toshkent shahar hokimligi bir qancha loyihalar konsepsiyasiga 825 mln so‘m ajratdi
13:30 / 02.01.2024
O‘zbekiston IT sohasining bozor hajmi milliard dollarga yaqinlashmoqda
08:08 / 07.07.2023