MDH davlatlari rahbarlari 2030 yilgaça möljallangan harbiy hamkorlik konsepsiyasini tasdiqladi. Tegişli qaror Duşanba şahrida bölib ötgan Hamdöstlik Davlat rahbarlari kengaşining navbatdagi yiğilişida qabul qilindi, deb xabar berdi taşkilot ijro qömitasi matbuot xizmati.

«MDH davlatlarining ustuvor yönalişlariga muvofiq, harbiy sohadagi hamkorlik oçiq, oldindan aytib böladigan, izçil blokdan taşqari xususiyatga ega va uçinçi davlatlarga qarşi qaratilmagan», deyiladi xabarda.

Taşkilotga a’zo davlatlar «xalqaro tinçlik, mintaqaviy barqarorlik va har bir MDH davlatining xavfsiz rivojlanişini qöllab-quvvatlaş maqsadida» özaro işonç çoralarini kuçaytiriş va teng huquqli yaxşi qöşniçilik munosabatlarini, jumladan, boşqa davlatlar va xalqaro taşkilotlar bilan rivojlantirişga kelişib oldi.

Ta’kidlanişiça, harbiy hamkorlikning ma’naviy asosi 1941-1945 yillardagi uruş davrida qozonilgan ğalabaning tarixiy xotirasi, xalqlarning umumiy qahramonona ötmişi va bunyodkor bugungi kunidir.

Konsepsiyaga köra, Hamdöstlik mamlakatlari taşkiliy-huquqiy mexanizmlarni takomillaştiradi, qöşma istiqbolli dastur va loyihalarni işlab çiqadi, «an’anaviy va yangi dolzarb yönalişlarda» hamkorlik qiladi.

«Qurolli kuçlarda milliy tuzilmalarning qöşma harbiy maqsadli tizimlarini mustahkamlaşga alohida e’tibor qaratiladi. Birinçi navbatda, havo hujumidan mudofaa yagona tizimini, qöşma aloqa tizimini, radiatsion-kimyoviy-biologik vaziyatni nazorat qiliş va baholaşning yagona tizimini, yagona radiolokatsion aniqlaş tizimini, qurolli kuçlar uçun yagona harbiy maqsadli geoaxborot tizimini rivojlantirişni ta’minlaş közda tutilgan bölib, bu milliy qurolli kuçlarning jangovar qobiliyatini va harbiy sohadagi özaro hamkorlik darajasini sezilarli darajada oşiriş imkonini beradi», deyiladi xabarda.