Migratsiya siyosati orqali noqonuniy migrantlar soni kamayişi, şuningdek, çet el fuqarolari örtasidagi jinoyatlar darajasi pasayişiga erişiş közda tutilgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasi davlat migratsiya siyosatining 2026-2030 yillarga möljallangan yangi konsepsiyasini tasdiqladi. Hujjat huquqiy hujjatlar saytida joylaştirilgan. U 2019-2025 yillar uçun qabul qilingan avvalgi konsepsiyaning örnini egallaydi.

Hujjatda migratsiya siyosatini rivojlantirişning maqsadlari, asosiy vazifalari va yönalişlari aniq ifodalangan. Unda çet el fuqarolarining kirişi va çiqişini tartibga soliş, ularning qonuniy böliş şartlari, migratsiya hisobi, vaqtinçalik boşpana beriş, şuningdek, Rossiya fuqaroligini oliş tartib-taomillari böyiça töplangan tajriba aks ettirilgan.

Yangi tahrirda migrantlarning madaniy va ijtimoiy integratsiyasiga, milliy xavfsizlikni mustahkamlaşga va «Rossiya jamiyatiga xos qadriyatlarni» saqlab qolişga e’tibor kuçaytirilmoqda.

Konsepsiyaning asosiy maqsadi bir vaqtning özida demografiya, mehnat bozori, xavfsizlik va ijtimoiy-madaniy barqarorlik muammolarini hal qilişga qodir bölgan muvozanatli migratsiya siyosatini şakllantirişdan iborat.

Hujjatning asosiy elementi şundaki, Rossiyaga köçib kelgan migrantlar nafaqat moslaşadi, balki Rossiyaning «an’anaviy qadriyatlarini baham köradi va hurmat qiladi», mamlakat hayotining faol iştirokçisiga aylanadi va doimiy yaşaşga intiladi.

Yangi hujjat nimani nazarda tutadi?

An’anaviy qadriyatlarni baham köradigan migrantlar uluşining ösişi. Konsepsiya Rossiya Federatsiyasiga köçib kelayotgan çet elliklar orasida Rossiya jamiyatining madaniy, tarixiy va ma’naviy körsatmalarini tan oladigan va qabul qiladigan odamlar sonini köpaytirişga qaratilgan.

Migrantlar bolalarining ta’limi. Migrantlarning farzandlari maktablarga qatnaşi va ta’lim tizimidan çetda qolmasligiga katta e’tibor qaratilmoqda.