Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaman sohillari yaqinida 30 kishi halok bo‘ldi
Yaman sohillari yaqinida, bortida 152 muhojir bo‘lgan qayiq Adan shahri yaqinida to‘ntarilib ketishi oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Xalqaro migratsiya tashkilotiga iqtibos keltirgan holda “RIA Novosti” axborot agentligi xabar berdi.
Voqeada omon qolganlar somalilik va efiopiyaliklar bilan to‘lib toshgan qayiq 23 yanvarda Adan bo‘g‘ozi orqali Jibutiga yo‘l olgani haqida ma'lum qilishgan.
“Qayiq, ko‘rinishicha, qochqin va muhojirlarni Jibutiga yetkazmoqchi bo‘lgan kontrabandachilar tomondan boshqarilgan”, deb aytilgan xabarda.
Xalqaro migratsiya tashkilotining ta'kidlashicha, qayiqdagi odamlarga o‘q otilgani haqida ham xabar berilgan.
Mavzuga oid
17:56 / 06.01.2026
Husiylar, Saudiya va BAA uchburchagi: Yamanda nimalar bo‘lyapti?
18:01 / 30.12.2025
Saudiya Yamanga zarba berdi. Nishon – ayirmachi guruhlarni qo‘llash uchun BAAdan yuborilgan qurollar bo‘lgan
10:55 / 09.10.2025
Tobutda qaytgan orzular: muhojir yigitning qissasi
14:40 / 11.09.2025