Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Arman milliy madaniyat markazi raisi: Biz birodar xalqlarmiz, bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi
O‘zbekistondagi arman diasporasining oqsoqollaridan biri bo‘lganim holda, armenianreport.com saytida e'lon qilingan provokatsion maqoladan achchiqlanganim va darg‘azab ekanimni xabar qilmoqchiman, uning ichida yolg‘on hamda tuhmatdan boshqa narsa yo‘q.
O‘zbekiston - har qanday millatning normal yashashi sharoitlari yaratilgan tolerant mamlakat. Barakatli, mehmondo‘st yurtda respublika hukumati tomonidan hech qachon kimnidir qaysi millatga mansubligi bo‘yicha ta'qib qilinishi kuzatilmagan. Shu munosabat bilan e'lon qilingan maqola meni g‘azablantirmoqda va nafratga sabab bo‘lmoqda, men maqola muallifi Tevos Arshakyanning O‘zbekistondagi armanlar yoqimsiz element ekanligi haqidagi asossiz bayonotlarini inkor etaman. Men buni to‘la yolg‘on, tuhmat va fitna, deb ma'lum qilishim mumkin.
O‘zbekistonda yashayotgan armanlar bir necha marotaba alohida e'tirof etilgan va respublikaning rivojlanishiga qo‘shgan hissasi uchun yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlanmoqda. Shu bilan birga, bugungi kungacha saqlanib kelinayotgan boshqa milliy madaniy markazlar bilan bir qatorda, xalqimiz milliy madaniyati va an'analarini saqlab qolish hamda rivojlantirish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Bu mamlakat rahbariyatining bizning jamoatimizga berilgan diqqat-eʼtiborning eng yorqin belgisi va boshqalarga mamlakatimizda olib borilayotgan bag‘rikenglik siyosatidan darak bermaydimi?! Men shunday javob beraman: albatta shunday va men bunday munosabatdan minnatdorman, shuningdek, ushbu yurtda yashayotgan odamlarga minnatdorchilik bildiraman.
Ko‘pchiligimiz O‘zbekistonda to‘rtinchi avlod sifatida yashab kelmoqdamiz va hech qachon ota-bobolarimizdan «arman xalqi uning yerida yashayotgani» borasida birodar o‘zbek xalqining noroziligi to‘g‘risida eshitmaganmiz. Biz bugungi kunda ham birgalikda ishlamoqdamiz, qo‘shni bo‘lgan holda oilalarimiz bilan do‘st tutinganmiz, farzandlarimiz maktablar, kollejlar, institutlarda birga o‘qishmoqda, ko‘chalarda o‘ynashmoqda va bir-birining uyiga mehmonga borishmoqda.
Biz aniq bilamiz va ishonamizki, bunga hech kim va hech qachon hech qanday harakatlar, ayniqsa, qandaydir provokatsion maqolalar e'lon qilish bilan xalaqit bera olmaydi. Biz birodar xalqlarmiz hamda bundan keyin ham shunday bo‘lib qolamiz.
Arman milliy madaniyat markazi boshqaruvi raisi
M.Setyan
Mavzuga oid
09:45 / 15.06.2026
Armaniston sobiq prezidentiga mamlakatdan chiqish taqiqlandi
15:04 / 13.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyanni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
10:45 / 13.06.2026
Armanistonda saylov ovozlari qayta sanaldi
16:23 / 11.06.2026