Sport | 21:10 / 27.01.2018
49365
1 daqiqa o‘qiladi

AIBA prezidentligiga tayinlangan G‘ofur Rahimov o‘zining dastlabki fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

“Men Ijroiya qo‘mita a'zolariga minnatdorchiligimni bildiraman. Do‘stim Franko, siz AIBA'ni saqlab qoldingiz. Men tashkilotda 20 yil davomida vitse-prezident lavozimida ishlab qolganimdan faxrlanaman. Endilikda sportni saqlab qolish va rivojlantirish uchun birgalikda ishlashimiz lozim. 

Buning uchun ishlarning shaffofligi va hamkorlikni rivojlantirish masalasiga e'tibor qaratamiz”, deb ta'kidlagan Raximov o‘z nutqida.

Shu paytgacha AIBA prezidenti lavozimida vaqtincha ishlab kelgan Falchinellining aytishicha, G‘ofur Raximov ko‘magi bilan naqd pul to‘lovlarini kamaytirish borasidagi Benkons bilan kelishuvga erishishga muvaffaq bo‘lindi. Aynan shu kelishuv bankrotlik yoqasidagi tashkilotni saqlab qolgan.

Mavzuga oid