Özbekiston professional boks federatsiyasining navbatdan taşqari konferensiyasi bölib ötdi va unda Ijroiya qömitasining yangi tarkibi tasdiqlandi, deya xabar bermoqda ÖzA.

Qayd etilişiça, Xalqaro kuraş assotsiatsiyasi (IKA) boş kotibi sifatida faoliyat körsatib kelayotgan Umid Yakubov Özbekiston professional boks federatsiyasi prezidenti, tajribali mutaxassis Ğofur Rahimov birinçi vitse-prezident, Ziyovuddin Hojiniyozov esa vitse-prezident vazifalariga saylanişgan.

Ma’lumot uçun, Ğofur Rahimov 2018 yilning noyabridan 2019 yilning iyuliga qadar Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA)da rahbari lavozimida işlagan.

Şuningdek, 2010 yilda esa Osiyo boks konfederatsiyasi prezidenti etib saylangan. 2001 yildan 2012 yilgaça Özbekiston Milliy olimpiya qömitasining vitse-prezidenti bölgan.