Jahon | 19:05 / 27.01.2018
4028
1 daqiqa o‘qiladi

Chexiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi yakunlandi

Foto: Petr David Josek

Chexiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida ovoz berish jarayoni yakunlandi. Bu haqda Chexiya televideniyesi xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, saylov uchastkalari soat 14:00 (Toshkent vaqti bilan soat 18:00)da yopilgan, ovozlarni hisoblash jarayoni boshlandi.

Dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, saylovda ishtirok etish darajasi birinchi turdagidan yuqoriroq bo‘lgan. O‘shanda u 8,5 mln ro‘yxatdan o‘tgan saylovchilardan 61,92 foizni tashkil qilgandi.

Chexiya fuqarolari ikkinchi turda ovoz berishning birinchi bosqichidagi ikki yetakchi – respublikaning amaldagi rahbari Milosh Zeman va Fanlar akademiyasi sobiq raisi Irji Dragoshdan birini tanlashdi.

Eslatib o‘tamiz, saylovlarning birinchi turida Zeman 38,56 foizni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Dragosh 26,6 foiz ovozlar bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid