Farg‘ona viloyatining har bir tuman va shahar maktabgacha ta'lim bo‘limi mudirlariga “Spark” berildi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Maktabgacha ta'lim sifati – ertangi kunimizni hal qiladigan masala. Maktabgacha ta'lim sohasini rivojlantirish faqatgina yangi tashkil etilgan vazirlikning vazifasi emas barchamizning eng muhim vazifamiz bo‘lishi kerak”, degan so‘zlarini dasturga aylantirgan holda Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat Madaminovich G‘aniyev boshchiligida yilning 26 yanvar kuni bilan yana bir ishga qo‘l urildi. Farg‘ona viloyati Maktabgacha ta'lim tizimida faoliyat yurituvchi viloyatning 19 ta tuman va shahar bo‘lim mudirlariga 19 ta “Spark” avtomashinasi ajratildi. Bu, o‘z navbatida, hududlardagi barcha ta'lim muassasalarini har kuni nazorat qilib ta'lim sifati va muassasani har kuni nazorat qilish imkonini oshiradi.
Shavkat Mirziyoyev tomonidan yangi tashkil etilgan Maktabgacha ta'lim vazirligi zimmasiga maktabgacha ta'lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, muassasalarga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta'lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash vazifalari yuklatilgan edi.
Ushbu topshiriqlar ijrosini joylarda mahalliy hokimliklar tomonidan bajarilishi zamirida esa bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlash; bolalarda o‘qishga qiziqishni hamda o‘qishga intilish hissini uyg‘otish; bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun integral ta'limni tashkil etish; shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim-tarbiyani amalga oshirish; bolalarni xalqimizning an'analari asosida tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish; bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlashda ularning ota-onalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish hamda ota-onalarga amaliy jihatdan ko‘maklashish; bolalarda ijtimoiy-kommunikativ, axloqiy, estetik sifat va salohiyatlarni uyg‘otish hamda rivojlantirish; bolalarni sog‘lom turmush tarzi bilan tanishtirish; bolalarda mustaqillik, mas'uliyatlilik, tashabbuskorlik xislatlarini shakllantirish yotadi.
Mavzuga oid
10:16 / 12.11.2024
Farg‘onada tanishini o‘ldirib, uyiga o‘t qo‘ygan ayolga hukm o‘qildi
11:59 / 05.11.2024
O‘zbekistonlik olimlar Farg‘ona vodiysidan yangi baliq turini topdi
09:40 / 02.11.2024
Hindiston Farg‘onada xalqaro ko‘p tarmoqli klinika tashkil etadi
19:32 / 30.10.2024