22:10 / 27.01.2018
7751

Kavani «PSJ» tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘ldi

Foto: Getty Images

«PSJ» hujumchisi Edinson Kavani klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lib oldi.

Futbolchi Fransiya chempionatidan o‘rin olgan «Monpele»ga (4:0) qarshi o‘yinda darvozani ishg‘ol qildi. Natijada, bu Kavani uchun parijliklar safidagi 157-gol bo‘ldi. Bu marraga erishish uchun urugvaylik 229 o‘yinda maydonga tushdi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha «PSJ» klubining eng yaxshi to‘purari 156ta gol urgan Zlatan Ibrahimovich edi

Mavzuga oid
Top