Hongkongda 450 kilogrammlik bomba topildi
27 yanvarda Hongkongning markaziy qismida, metroning yangi yo‘nalishi qurilishi joyida Ikkinchi jahon urushi zamonlaridagi portlamay qolgan 450 kg.lik bomba topildi. Shu sababli yaqin atrofdan 1,3 ming kishi evakuatsiya qilingan. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar berdi.
Uzunligi 140 sm va diametri 45 sm bo‘lgan bomba 27 yanvar ertalab Van Chay tumanida metro qurilishi olib borayotgan ishchilar tomondan 15 metr chuqurlikda aniqlangan.
Ta'kidlanishicha, bomba topilgan joyda bir necha soatdan beri sapyorlar, politsiyachilar va o‘t o‘chiruvchilar ishlashmoqda, yon-atrof o‘rab olingan.
Shahar aholisi xavfsizligini ta'minlash maqsadida huquq-tartibot idoralari xodimlari voqea joyidan 400 metr radiusdagi hududni o‘rab olishgan.
Mutaxassislar ushbu snaryad Hongkongga 1941 va 1945 yillar orasidagi davr ichida AQSh bombardimonchi samolyoti tomondan tashlangan ANM-65 snaryadi ekanligini aniqlashgan. Snaryad 250 kg.ga yaqin portlovchi moddaga ega, sapyorlar bombani yarimtunga yaqin xavfsizlantirishmoqchi.
Sapyorlar guruhi rahbarining aytishicha, bombadagi detonatorlardan biri shikastlangan, bu esa uni harakatlantirishni juda xavfli qiladi. Agar bomba portlasa uning ta'sir doirasi 200 metrni tashkil qilishi mumkin, uning parchalari esa 2 km.gacha tarqalishi mumkin. Shu sababli mutaxassislar snaryad qobig‘ida ikkita teshik ochib, uning ichidagi portlovchi moddani kuydirib yuborishmoqchi, bunga esa 3 soat ketadi.
Bu bomba Hongkongda topilgan, Ikkinchi jahon urushi zamonlariga mansub birinchi bomba emas. O‘tgan yil yanvarida shahardagi qurilish maydonchalaridan birida 220 kg.lik snaryad topilgan. U ham AQShga tegishli bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:20 / 22.10.2024
Sloveniyada Ikkinchi jahon urushidan qolgan yirik bomba zararsizlantirildi
13:30 / 05.10.2024
ZAES xodimi avtomobilda bomba portlashi oqibatida halok bo‘ldi
00:28 / 06.09.2024
Hongkongda «Yagi» supertayfuni tufayli 100 dan ortiq reys bekor qilindi
18:31 / 30.07.2024