Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarini Amazon’da sotish yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston delegatsiyasi AQShning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan TexWorld USA nufuzli xalqaro to‘qimachilik ko‘rgazmasida ishtirok etdi.
«Jahon» AA xabariga ko‘ra, uning yakunida O‘zbekistondan to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha infratuzilma, jumladan, logistika va sug‘urta tizimini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi. O‘z navbatida o‘zbek tovarlarini onlayn savdo tizimlari, jumladan, Amazon tarmog‘ida sotish, ularni pochta orqali AQShga yuborish yo‘llari ishlab chiqildi. Ayni chog‘da Amerikada Farg‘ona brendi ro‘yxatdan o‘tkazilib, yana bir savdo belgisi hisoblangan O‘zbekiston ilgari surilyapti.
Bundan tashqari, Nyu-Yorkdagi «O‘ztreyd» savdo uyi imkoniyatlaridan foydalangan holda mamlakatda ishlab chiqarilgan tekstil mahsulotlarini katta miqdorda okean orti bozorlariga yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. «O‘zbekengilsanoat» davlat uyushmasi bilan to‘qimachilik sohasi uchun asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalar o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumlari imzolandi.
Mavzuga oid
08:21 / 01.06.2026
Xitoyning ikki yirik kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirish niyatida
22:24 / 28.01.2026
Texnik xato Amazon kompaniyasining 16 ming kishini ishdan bo‘shatish rejasini oshkor qildi
11:30 / 05.01.2026
O‘zbekiston to‘qimachilik eksportida tayyor mahsulotlar yetakchi bo‘ldi
23:25 / 23.12.2025