Kiprda prezident saylovlari yakunlandi
Kiprda mahalliy vaqt bilan 18.00da prezident saylovlarida ovoz berish yakunlandi. Mamlakatdagi 1100dan ko‘proq saylov uchastkalari soat 7dan ochiq bo‘lgan.
Saylovning yakuniy natijalari soat 20.30dan keyin olinishi kutilmoqda.
Saylov komissiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, soat 17da ro‘yxatga olingan saylovchilardan 66,2 foizi ovoz berib bo‘lgan. Saylovlardagi ishtirok 2013 yildagidan pastroq bo‘lgan, o‘shanda soat 17ga qadar 77,6 foiz saylovchi ovoz berib bo‘lgandi.
Kipr prezidenti yashirin ovoz berish bilan 5 yilga saylanadi. Bu saylovlar mustaqil Kipr davlati tashkil etilgandan keyin 13-sonli prezident saylovlaridir. Mamlakat rahbari lavozimiga 9 nomzod da'vogarlik qilmoqda. Agar 1-bosqichda nomzodlardan birortasi 50 foizdan ko‘proq ovoz to‘play olmasa, unda 4 fevralda 2-bosqich o‘tkaziladi va unda 1-bosqichda eng ko‘p ovoz to‘plagan 2 nomzod kurash olib boradi.
Mavzuga oid
14:00 / 16.09.2024
Ukrainalik sobiq oligarx Kolomoyskiy Kipr fuqaroligidan mahrum qilindi
15:05 / 24.04.2024
Kiprning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
15:17 / 16.11.2023
ICIJ: Kipr firmalari rossiyalik oligarxlarga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam beryapti
08:51 / 01.09.2023