11:30 / 28.01.2018
30674

Neymar «Real» mavzusiga nuqta qo‘ydi

«PSJ» hujumchisi Neymar mavsum yakunida «Real»ga ketishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

«Jamoadoshlarim bilan aloqalarim yaxshi, men «PSJ»da barchasidan mamnunman. Men yaxshi o‘ynayapman, statistikam juda yaxshi, men bu yerga qo‘limdan kelgancha tarix yaratish uchun kelganman.

Mish-mishlar esa hamisha bo‘lgan va bundan keyin ham bo‘ladi. Men «Santos» va «Barselona» jamoalarida o‘ynaganimda, men haqimda har transfer oynasi vaqtida turli xabarlar tarqalardi. Men bunday xabarlarga parvo qilmasdim. Mish-mishlar bo‘layaptimi, demak sen yaxshi futbolchisan.

Bunday futbolchilar atrofida doimo turli gap-so‘zlar yuradi», – deya Neymarning so‘zlarini keltirgan Goal.com.

Bundan avvalroq «PSJ» prezidenti Nosir Al-Xilayfi Neymar haqidagi xabarlarni inkor qilgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top