Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu penaltidan 100-golini urdi
«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionatining 21-turida «Valensiya» darvozasini ikki marta penaltidan ishg‘ol etdi. Valensiyadagi «Mestalya» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlar jamoasining 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
15-daqiqada «Real»ning qarshi hujumi Krishtianu Ronalduning «Valensiya» jarima maydonida yiqilishi (Martin Montoyya uni yiqitgandi) bilan yakunlanib, penalti belgilandi va jabrlanuvchining o‘zi uni aniq ijro etdi. 37-daqiqada Montoyya endi Karima Benzemani yiqitdi va bu safar ham Ronaldu 11-metrli nuqtadan adashmadi.
Portugaliyalik futbolchi shu tariqa faoliyatida 100-marta penaltidan urilgan golini nishonladi (boshqa klublar va milliy terma jamoadagi gollar bilan qo‘shib hisoblagandi).
Mavzuga oid
12:37 / 18.06.2026
JChda 7-kun. Ronaldu Messiga javob qilolmadi, Angliya shou uyushtirdi
18:03 / 11.06.2026
Messi va Ronalduda 6-mundial, Mbappe Klozedan o‘tishi mumkin. JCh-2026 intrigalari
16:03 / 27.05.2026
Forbes dunyoning eng serdaromad sportchilari reytingini e’lon qildi
11:34 / 22.05.2026