Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
30 yanvar kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?
Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 30 yanvar kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 7-9, kunduzi 0-2 daraja sovuq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 15-20, kunduzi 5-10, Ustyurt bo‘ylab kechasi 20-25, kunduzi 10-15 daraja sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 0-5, cho‘l hududlari bo‘ylab kechasi 15-20, kunduzi 5-10 daraja sovuq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 7-12, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 5-10, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 13-18, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.