Jamiyat | 19:05 / 29.01.2018
18322
1 daqiqa o‘qiladi

Qo‘li egri ayol

Jizzax shahrida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
 
Qayd etilishicha, 25 yanvar kuni Jizzax shahri “Ittifoq” mahallasida yashovchi, uy bekasi, 1997 yilda tug‘ilgan N.A. IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu yil 24 yanvar soat 10:30larda noma'lum shaxs  uning uyidan turli xildagi kiyim-kechaklari va 200 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan. 

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Ittifoq mahallasi 48/13-uyda yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan S.U. sodir etganligi aniqlanib ushlangan.

Mavzuga oid