Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
10 yoshli bola cho‘kib ketganidan so‘ng. Toshkent hokimi suv ustidan o‘tgan quvurlarni panjara bilan to‘sish haqida ko‘rsatma berdi
Foto: FVV
Toshkent shahridan bir qator kanallar va ariqlar oqib o‘tgan. Ariq va kanallar ustidan kommunal xizmatlarning quvurlari o‘tkazilgan bo‘lib, ulardan ayrim fuqarolar ko‘prik sifatida foydalanishadi. Ushbu ehtiyotsizlik oqibatida baxtsiz hodisalar yuzaga kelmoqda, deya xabar qilgan FVV axborot xizmati.
Qayd etilishicha, Bunday baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida Toshkent shahar hokimining ko‘rsatmasi asosida Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda barcha kommunal xizmat vakillaridan iborat ishchi guruh tashkil etildi. Bugungi kunda suv ustidan o‘tgan quvurlarning ikki tomonini panjaralar bilan to‘sish, ularning ustidan o‘tishni taqiqlovchi belgilarni qo‘yish ishlari boshlab yuborilgan.
Mahallangizdagi kanallar va ariqlar ustidagi kommunal quvurlar panjaralar bilan to‘silmagan bo‘lsa, Favqulodda vaziyatlar vazirligining (+99871)147-10-50 tezkor raqami yoki Favqulodda vaziyatlar vazirligi sayti orqali ma'lumot berishingiz mumkin.
Ma'lumot uchun, Toshkentda 24 yanvar kuni o‘z sinfdoshini qutqarishga harakat qilib cho‘kib ketgan 10 yoshli Abdulla Ro‘ziboyev dafn etildi. Fojia 21 yanvar kuni Olmazor tumanining Qora-Qamish 2/5 mavzesi hududidan oqib o‘tuvchi suv kanalida yuz bergan. Abdullaning jonsiz tanasi u cho‘kib ketgan joydan 1 kilometrlik masofada topildi. Olmazor tumanining Qora-Qamish 2/5 mavzesida yashovchi fuqarolarning so‘zlariga ko‘ra, ko‘p qavatli uylar yonidan oqib o‘tuvchi kanal temir to‘siqlar bilan o‘ralmagan va mahalliy aholi uchun xavfli hudud sanaladi.
Mavzuga oid
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
23:15 / 11.01.2026