Jahon | 09:10 / 30.01.2018
9542
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikada yuzlab jasadlar bo‘lgan 100 dan ortiq maxfiy qabrlar topildi

Foto: AFP

Meksikaning Verakrus shtatida kamida 102 ta maxfiy qabr topildi, ularda yuzlab insonlarning jasadlari va jasad qoldiqlari bo‘lgan. Bu haqda Noticias MVS bosh prokuror Xorxe Ortisga tayangan holda xabar qilmoqda.

«Verakrusda 2017 yilga kelib, 102 ta maxfiy qabr topildi, ularda 225 jasad, 335 ta bosh suyagi va 30,6 mingdan ortiq turli jasad qoldiqlari aniqlandi», - deya ma'lum qilgan u.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, ayni damga kelib faqat 111 kishining shaxsi o‘rnatildi, qolgan marhumlarning shaxsi hozircha aniqlanmagan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid