Jamiyat | 13:26 / 31.01.2018
8348
2 daqiqa o‘qiladi

Sog‘liqni saqlash muassasalarida uysiz fuqarolarga isinish uchun sharoitlar yaratildi

Foto: IIBB

So‘nggi kunlarda ob-havo haroratining keskin tushib ketishi munosabati bilan, Toshkent shahar hokimligi va Ichki ishlar bosh boshqarmasi tashabbusi bilan Toshkent shahri Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi tizimlarida aniq yashash manzili bo‘lmagan fuqarolarga isinib, birinchi tibbiy yordam olish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun o‘rinlar ajratildi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.

2018 yilning 30 yanvar kuni ichki ishlar idoralari tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar davomida tibbiyot muassasalariga 20 dan ortiq aniq yashash manzili bo‘lmagan fuqarolar olib borib joylashtirildi.

Aniq yashash manzili bo‘lmagan fuqarolarga quyidagi shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi tizimlarida ularni isinib, birinchi tibbiy yordam olishlari uchun joylar ajratilgan bo‘lib, ularni ushbu manzillarga joylashtirish mumkin:

- Bektemir tumanidagi shahar 6-sonli klinik shifoxonasi;
- Mirobod tumanidagi shahar 3-sonli klinik shifoxonasi;
- Sergeli tumanidagi shahar teri-tanosil dispanseri;
- M.Ulug‘bek tumanidagi shahar 5-sonli klinik shifoxonasi;
- Olmazor tumanidagi shahar 1-sonli sil kasalliklari klinik shifoxonasi;
- Uchtepa va Chilonzor tumanlaridagi shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi;
- Shayxontoxur tumanidagi shahar 1-sonli klinik shifoxonasi;
- Yashnobod tumanidagi shahar 4-sonli klinik shifoxonasi;
- Yakkasaroy tumanidagi Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi statsionar qismi;
- Yunusobod tumanidagi shahar 7-sonli klinik shifoxonasi.

Mavzuga oid