Jamiyat | 14:45 / 31.01.2018
12332
2 daqiqa o‘qiladi

Zangiota va Qo‘qonda yong‘in, ikki inson halok bo‘ldi

Foto: KUN.UZ

29 yanvar soat 03:12 larda Toshkent viloyatining Zangiota tumanida Hamjihat ko‘chasi 12-uyda yashovchi, 1965 yilda tug‘ilgan  T. Sh.ning uyida yong‘in sodir bo‘lib, yong‘in qo‘shnisi, 14-uyda yashovchi, N.M.ning uyiga ham o‘tgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Yong‘in oqibatida T.Sh.ning uy shifti va tom qismi, hamda qo‘shnisi N.M.ning uyi tom qismi ham yonib zarar ko‘rgan. Yong‘in o‘chirish vaqtida T.Sh.ning birga yashagan akasi, 1947 yilda tug‘ilgan J.Sh.ning kuygan holdagi jasadi topilgan.

Shuningdek, Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida 29 yanvar soat 22:06 da Bandieshon ko‘chasi 177-uyda yashovchi, nafaqaxo‘r, 1955 yilda tug‘ilgan  A.Sh.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida A.Sh. uyining ichki qismi yonib zarar ko‘rgan xamda yong‘in o‘chirish vaqtida A.Sh.ning birga yashagan o‘g‘li, 1984 yilda tug‘ilgan  Z.Sh.ning kuygan holdagi jasadi topilgan.

Mavzuga oid