Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh slanets nefti hisobiga rekord natijaga erishdi
Foto: RIA Novosti
AQSh uchun yangi neft manbai (slanets nefti) neft qazib olish hajmini kuniga 10 mln barreldan ko‘proqqa yetkazishga imkon berdi.2008 yilda bu miqdor 5 mln barrelni tashkil qilgandi. Neft narxi oshishi AQShga neft qazib olish bo‘yicha 21-asr uchun misli ko‘rilmagan rekord natijani o‘rnatishga imkon berdi.
Neftni qatlamni gidroyorish usuli bilan olish texnologiyasi sobiq ittifoqda o‘tgan asrning o‘rtalarida ixtiro qilingan. Biroq quduqlardan oson olinuvchi neft sababli u sobiq ittifoqda keng tarqalmagan. Biroq 2006 yildan boshlab AQShda borgan sari faolroq qo‘llanmoqda. Bugungi kunda bu mamlakatda olinuvchi neftning katta qismi slanets neftidir. 2014 yilda neft narxi tushishi sababli AQShda slanets nefti qazib olish miqdori kamaygan, biroq neft narxi oshishi va texnologiya takomillashishi bilan uni qazib olish hajmi yana ko‘paydi.
AQShning energetik axborot agentligi 2017 yil noyabr oyi uchun yakun yasadi. Aniqlanishicha, 2017 yil noyabrda AQShda neft olish hajmi oktabr oyiga nisbatan 4 foiz va 2016 yil noyabriga nisbatan 13,1 foizga oshgan. 2007 va 2008 yil noyabriga nisbatan esa o‘sish 100 foizni tashkil qilgan. Shuning hisobiga AQShda neft importi 5 barobarga kamaygan. Shu sababli amerikaliklar o‘tgan yili o‘zlari qazib olgandan 4 marta kamroq – kuniga 2,5 mln barrel neft olib kirishgan. Vaholanki, 10 yil avval neft importi olinayotgan neftdan 2 barobar ko‘proqni tashkil qilgan.
Bunday o‘sishning sababi nafaqat neft narxining yuqoriligi bo‘lmoqda. O‘sishning boshqa muhimroq sababi neft olish samaradorligi oshishidir. AQShda hech qachon hozirgidek ko‘p miqdorda slanets nefti olinmagan.
AQShda slaney nefti olish hajmi oshishi dunyo bozorida neft narxining muqarrar arzonlashishini anglatadi. Bu esa neft eksport qiluvchi davlatlar daromadlari kamayishiga olib keladi.
Mavzuga oid
23:35 / 14.02.2026
“Trampdan 2028 yilda aniq qutulamiz” – Myunxenda AQShning siyosati keskin tanqid qilindi
15:28 / 14.02.2026
Ukraina, Rossiya va AQSh muzokaralarining yangi raundi Jyenevada o‘tadi
12:44 / 14.02.2026
AQSh sobiq elchisi Medinskiyning muzokaralarga qaytishidan norozi
10:47 / 14.02.2026