Sport | 19:20 / 01.02.2018
20194
3 daqiqa o‘qiladi

India Open. O‘zbekistonlik bokschilar kunning birinchi yarmida 3ta oltin va bitta kumush oldi

Bugun, 1 fevral kuni Hindistonda bo‘lib o‘tayotgan India Open turnirida o‘zbekistonlik bokschilar final janglarini o‘tkazishmoqda.

Kunning birinchi yarmida o‘tkazilgan janglarda o‘zbekistonlik 4 nafar bokschi oltin uchun ringga chiqdi. 

O‘zbekiston terma jamoasining -69kg vazn toifasidagi vakili Bobousmon Boturov hindistonlik Dineshni mag‘lubiyatga uchratib, oltin medal taqdi.

75 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida finalga chiqqan Isroil Madrimov kubalik Estrada Iglesiasdan ustun keldi va shohsupaning yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. 

Mezbonlar vakili Sanjyetga qarshi jang qilgan Sanjar Tursunov (91 kg) esa kumush medal bilan kifoyalanadigan bo‘ldi. 

91 kilogrammdan yuqori vazndagi Bahodir Jalolov esa Hindiston vakili Kumar Satish ustidan g‘alabaga erishib, terma jamoa hisobiga uchinchi oltin medalni keltirdi.

Bugun shuningdek, Xudoynazar Fayzov (52 kg), Abdulhay Shorahmatov (56 kg) va Iqboljon Xoldorov (64 kg) final jangini o‘tkazadi.

Isroil Madrimovning jangi

Bobo-Usmon Botirovning jangi

Bahodir Jalolovning jangi

Mavzuga oid