Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Rossiyaga qarshi jinoyat bo‘lgan» - «Brigada»da asosiy rollardan birini o‘ynagan aktyor serialni tanqid qildi
Rossiyalik aktyor Pavel Maykovning ma'lum qilishicha, o‘zi asosiy rollardan birini ijro etgan «Brigada» seriali Rossiyaga qarshi jinoyat bo‘lgan. Bu haqda u «Vechernyaya Moskva» gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «Brigada» Rossiya kinematografida paydo bo‘lganidan beri, «xalqqa shunday ta'sir ko‘rsatgan, uni ilhomlantirgan bironta narsa paydo bo‘lmadi».
«Menga aktyor sifatida «Brigada» seriali foyda keltirdi – mashhurlik, jamiyat, odamlarga esa – zarar. «Brigada» – bu Rossiya oldidagi jinoyat, unda men ham qatnashganman», - deya aytib o‘tdi Maykov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, serial ko‘rsatilayotgan vaqtda «ko‘chalar bo‘shab qolgan, jinoyatchilik kamaygan – hamma o‘tirib, «Brigada»ni tomosha qilgan».
O‘z navbatida, «Brigada» prodyuseri Aleksandr Akopov Pavel Maykovning bu so‘zlariga izoh berdi.
«Bu shunchaki ahmoqlik. Bu mavzuda qator tadqiqotlar bor, ularning ko‘rsatishicha, jinoyatchilik darajasi kriminal mavzudagi seriallar bilan emas, balki umuman boshqa holatlar bilan bog‘liq», - deya ma'lum qildi Akopov.
Uning ta'kidlashicha, bunday seriallar ko‘plab yosh yigitlarni jinoyat ko‘chasidan qaytarishi mumkin.
Prodyuserning so‘zlariga ko‘ra, «Brigada» oxirida Maykovning qahramoni ham o‘ldirilgan.
«Bu o‘sib kelayotgan avlodga dars bo‘ladi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Akopov.
Mavzuga oid
08:46
Rossiya Kiyevga raketa, Xarkivga dronlar bilan hujum qildi
22:07 / 15.07.2026
Rossiyada migrantlar harakatini kuzatish uchun telefon sotib olishga majburlanishi mumkin
11:20 / 15.07.2026
AQSh Rossiyaga bosimni kuchaytirish uchun yangi sanksiyalar paketini tayyorladi
09:40 / 15.07.2026