Sport | 21:00 / 01.02.2018
70673
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston termasi 5ta oltin bilan Hindistondagi turnirni birinchi o‘rinda yakunladi

Bugun, 1 fevral kuni Hindistonda bo‘lib o‘tgan India Open turnirida 7 nafar o‘zbekistonlik bokschi final janglarini o‘tkazishdi.

Oltin medal uchun ringga chiqqan 7 nafar bokschidan 5 nafari maqsadga erishdi, ikki bokschi kumush medal bilan cheklanadigan bo‘ldi.

Bobousmon Boturov, Isroil Madrimov, Bahodir Jalolov, Abdulhay Shorahmatov va Xudoynazar Fayzov o‘z raqiblaridan ustun keldi, Sanjar Tursunov va Iqboljon Xoldorov mag‘lubiyatga uchradi.

Shu tariqa, 10 sportchi bilan turnirga borgan O‘zbekiston vakillari 5ta oltin va 2ta kumush medal bilan birinchi bo‘lishdi. Mezbon Hindiston termasi musobaqani 2-o‘rinda yakunlagan bo‘lsa, kubaliklar 3-o‘rin bilan cheklandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid